ZUMA-PHARMA O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika bozoridagi yetakchi kompaniya.
ZUMA-PHARMA bu O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan va "Parkent-Farm" erkin iqtisodiy zonasi hududida faoliyat yuritayotgan, dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy farmatsevtika kompaniyasidir.
Kompaniya to‘ldirilgan va ishlatishga tayyor shpritslar, kartridj-ruchkalar, liofil kukunlar hamda flakonlardagi in’ektsion suyuqliklar ishlab chiqaruvchi mamlakatdagi birinchi va yagona farmatsevtika ishlab chiqaruvchidir. Zuma Pharma "UZGERMED PHARM GROUP" kompaniyalar guruhiga kiradi.
Zavod barpo etilishining g‘oyasi ilk bor 2019-yil yanvar oyida Germaniyada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifi chog‘ida ilgari surilgan. Prezidentning 2019-yil 3-iyundagi Toshkent viloyatiga tashrifida loyiha taqdim etildi va yuqori baho oldi. Keyinchalik loyiha Prezident Farmonlariga kiritilib, rasmiy asosda yo‘lga qo‘yildi
ZUMA-PHARMA zavodi AQSh FDA talablariga mos tarzda loyihalashtirilgan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari ERP, BMS va EMS kabi tizimlar yordamida to‘liq avtomatlashtirilgan. Barcha texnologik va yordamchi uskunalar yetakchi global kompaniyalar – Truking, Indu Ion, KlimaPharm, SystemAir, Honeywell va Carrier kabi ishlab chiqaruvchilardan yetkazib berilgan.
Zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagilardan iborat: 14 million dona to‘ldirilgan shpritslar va kartridj-ruchkalar, 20 million dona liofil kukun va flakonlardagi in’ektsion eritmalar. Mahsulotlarimiz aseptik zonada, GMP talablariga to‘liq javob beruvchi sharoitda tayyorlanadi. Hozirda mahsulotlarimizning 50 foizi ichki bozorda sotuvga chiqarilsa, qolgan 50 foizi eksportga yo‘naltirilmoqda.
Bizning portfelimiz quyidagi dori vositalarini o‘z ichiga oladi:
Antikoagulyantlar (masalan, Eksipar, Trombalek – Enoxaparin sodium asosida), Energiya va mushaklarni tiklovchi vositalar (Stellaris, Neolaykor – Fosfokreatin asosida), Qon hosil bo‘lishini rag‘batlantiruvchi preparatlar (Eritropen – rekombinant eritropoetin), Moddalar almashinuvi va detoksikatsiyaga ko‘mak beruvchi dori vositalar (Arlevin – Arginin HCl va Levokarnitin asosida).
Qisqa vaqt ichida ZUMA-PHARMA o‘zining yuqori texnologik imkoniyatlari, mukammal sifat standartlari va fidoyi jamoasi bilan farmatsevtika sohasida yuksak obro‘-e’tiborga erishdi.
Bizning yutuqlarimiz xalqaro miqyosda tan olingan:
Ishlab chiqarish jarayonlarimiz xalqaro ekspertlar tomonidan testdan o‘tkazilib, muvaffaqiyatli validatsiyadan o‘tgan.
Bugungi kunda bizning jamoamizda Hindiston, Germaniya va boshqa mamlakatlardan kelgan yuqori malakali mutaxassislar, shifokorlar va texnologlar faoliyat yuritmoqda. Ularning tajribasi va bilimlari bizga global standartlarga mos innovatsion mahsulotlarni yaratish imkonini beradi.
Shuningdek, biz O‘zbekistonning yetakchi farmatsevtika institutlari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib, yosh kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va xorijiy ta’lim dasturlarida qatnashishlariga ko‘maklashmoqdamiz.
ZUMA-PHARMA bugun – farmatsevtika sanoatida ishonchli yetakchi, ertaga esa sog‘liqni saqlash sifatini yuksaltirishda xalqaro darajadagi hamkor!