responsibility
2025 Yil 25 iyun

Korxonamiz vakillari CPHI & PMEC China 2025 xalqaro ko‘rgazmasida!

2025-yil 24–26-iyun kunlari Shanxay shahrida o‘tkazilayotgan dunyodagi eng yirik farmatsevtika sanoati ko‘rgazmasi — CPHI & PMEC China 2025da korxonamiz vakillari faol ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmada faol farmatsevtik ingredientlar (API), eksipiyentlar, tayyor dori shakllari, uskunalar va innovatsion texnologiyalar namoyish etilmoqda.

Korxonamiz jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilar va hamkor tashkilotlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu esa ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, sifatni oshirish va yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim qadam bo‘ladi.

Quyidagi suratda korxonamiz vakillari xalqaro hamkorlar bilan: