responsibility
2024 Yil 23 iyun

𝗭𝘂𝗺𝗮 𝗣𝗵𝗮𝗿𝗺𝗮 vakillari Mo‘g‘ulistonga xizmat safari bilan yo‘l olishdi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan Ulan-Bator shahrida o‘tkazilayotgan Mo‘g‘uliston–O‘zbekiston biznes-forumida 150 nafardan ortiq o‘zbekistonlik korxona vakillari ishtirok etmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda 𝗭𝘂𝗺𝗮 𝗣𝗵𝗮𝗿𝗺𝗮 korxonasining vakillari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar, eksport-import aloqalarini rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi hamda sarmoyaviy loyihalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

𝗭𝘂𝗺𝗮 𝗣𝗵𝗮𝗿𝗺𝗮 uchun bunday xalqaro tadbirlarda qatnashish — yangi hamkorlik eshiklarini ochish, eksport salohiyatini oshirish va investitsiyaviy imkoniyatlarni kengaytirishda muhim qadam hisoblanadi.