Biz MedExpo Kyrgyzstan 2025 ko‘rgazmasining birinchi kunini muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan ushbu nufuzli ko‘rgazma Markaziy Osiyo mintaqasidagi sog‘liqni saqlash sohasiga oid eng yirik beshlikdagi tadbirlardan biri hisoblanadi.
Zuma Pharma ko‘rgazmada o‘zining ilg‘or mahsulotlarini namoyish etmoqda, soha mutaxassislari va xalqaro hamkorlar bilan samarali muzokaralar olib bormoqda. Tadbir doirasida yangi texnologiyalar, innovatsiyalar va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.