2025-yil 5–8-aprel kunlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg‘oniston Islom Amirligida bo‘lib qaytdi.
Delegatsiya tarkibiga farmatsevtika, qurilish materiallari va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan yirik tadbirkorlar va kompaniyalar vakillari kiritildi. Jumladan, bizning korxonamiz vakillari ham mazkur nufuzli tashrifda ishtirok etishdi.
Tashrifning ilk kunida delegatsiya Kobul shahriga yetib bordi va Afg‘onistonning yetakchi tadbirkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, savdo hajmini oshirish va sarmoya muhitini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Farmatsevtika yo‘nalishida muhokama qilingan asosiy mavzular:
Afg‘oniston farmatsevtika bozori hozirda 2 milliard AQSh dollari atrofida baholanmoqda. Mahalliy ishlab chiqarish yetarli darajada rivojlanmaganligi sababli bozorning asosiy qismini import mahsulotlar tashkil etadi. Bu esa O‘zbekiston kompaniyalari, jumladan bizning korxonamiz uchun ham, katta eksport salohiyati va qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi.