Zuma Pharma zavodi so‘nggi to‘rt yil davomida nufuzli tanlovda muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda. Har bir qatnashuv biz uchun nafaqat katta tajriba, balki yangi yondashuvlarni joriy etish, xalqaro sifat standartlarini yanada yuksaltirish hamda jamoamiz salohiyatini oshirish imkonini berdi.
Bu yil esa zavodimiz o‘zining barqaror rivojlanishi, innovatsion yechimlari va yuqori sifatli dori vositalari ishlab chiqarishi uchun yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ushbu nufuzli mukofot — Zuma Pharma jamoasining ko‘p yillik izchil mehnati, fidoyiligi va mukammallikka intilishining yaqqol isbotidir.
Biz uchun bu mukofot — faxr va mas’uliyat ramzi. Chunki endilikda biz oldimizga yanada ulkan maqsadlarni qo‘yganmiz: ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sifatni mukammallashtirish va yangi marralarni zabt etish.
Zuma Pharma jamoasi birgalikda mehnat qilib, yangilikka intilib, kelgusida ham xalqaro miqyosda yuqori natijalarni qo‘lga kiritishiga ishonamiz.
Zuma Pharma — Sifat, Ishtiyoq va Ishonch ramzi.