ZumaPharma’da farmatsevtika sohasida nufuzli hisoblangan “Tojikiston Sfatfarm” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Tojikiston Sfatfarm” kompaniyasidan quyidagi mehmonlar ishtirok etdilar: Бахрулло Джалолов — Bosh direktor o‘rinbosari Амонов Довудхуджа — Tijorat bo‘limi mutaxassisi Рачабов Саймаьруф — Savdo bo‘limi mutaxassisi Uchrashuv chog‘ida tomonlar farmatsevtika mahsulotlari savdosi, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. ZumaPharma O‘zbekistonda xalqaro standartlarga javob beruvchi ishlab chiqarish quvvatlari va yuqori sifatli mahsulotlari bilan tanilgan bo‘lsa, “Tojikiston Sfatfarm” o‘z mamlakatida farmatsevtika bozorida keng faoliyati va ishonchli hamkorlik tajribasi bilan obro‘ qozongan. Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.