Kompaniyamizda muhim voqea yuz berdi — zavodimizni tasdiqlash maqsadida Yaman Sog‘liqni saqlash vazirligi (MOH) tomonidan GMP auditi o‘tkazildi.
Audit jarayonida barcha bo‘lim boshliqlari va ularning jamoalari o‘z sohalarida yuqori natijalar, intizom va professional yondashuvlarini muvaffaqiyatli namoyish etdilar.
Eng quvonarlisi, korxonamiz ushbu tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tdi!
Bu yutuq — Sifat ta’minoti, Kadrlar bilan ishlash, Sifat nazorati, Sklad, Muhandislik, Mikrobiologiya va Ishlab chiqarish bo‘limlari hamda barcha xodimlarimizning fidokorona mehnati va jamoaviy harakatlari samarasi hisoblanadi.
Biz bunday kuchli va birlikka tayangan jamoaga ega bo‘lganimizdan faxrlanamiz. Ishonchimiz komilki, bundan keyin ham birgalikda yanada katta marralarni zabt etamiz va kompaniyamiz nufuzini yangi bosqichlarga olib chiqamiz.
Barchangizga samimiy minnatdorchilik bildiraman!
Sizlarning mehnatingiz bizning yutuqlarimizning eng katta kafolatidir.