Jamoamiz birgalikda yangi g‘oyalar, ilhom va birlik ruhini mustahkamlash maqsadida Kumushon tog‘iga teambuilding safarini amalga oshirdi.
Safar davomida xodimlar o‘zaro muloqot, ishonch va hamjihatlikni kuchaytiruvchi turli faoliyatlarda ishtirok etdilar. Bu esa nafaqat jamoaviy muhitni mustahkamladi, balki har bir a’zoning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ham turtki bo‘ldi.
Ushbu tashabbus korxonamizning inson kapitaliga e’tiborini, jamoaviy qadriyatlarni rivojlantirishga bo‘lgan sadoqatini yana bir bor namoyon etdi.