O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5874-sonli Farmoni — “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjatda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, Toshkent farmatsevtika institutining 2025-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadida xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
2025-yil 14-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining “Chunstsinning Uch Daralar” kollejidan 20 nafar talaba va 3 nafar professor-o‘qituvchi Parkent tumanida joylashgan “Zuma Pharma” MCHJ ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlarga korxonaning:
haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Xitoylik talaba va ustozlar “Zuma Pharma” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishib, korxonaning innovatsion yondashuvlari, ilg‘or texnologik jarayonlari va farmatsevtika sohasidagi yuqori standartlar haqida batafsil tasavvurga ega bo‘ldilar.