Hurmatli jamoa a’zolari!
Kirib kelayotgan Yangi 2026-yil barchamiz uchun yangi imkoniyatlar, yuksak marralar va ezgu maqsadlar yili bo‘lishiga ishonamiz. Shu quvonchli sana munosabati bilan barcha xodimlarimizni samimiy tabriklaymiz va sizlarni “Yangi yil” bayram tadbiriga taklif etamiz.
Mazkur tadbir yil davomida erishilgan yutuqlarni sarhisob qilish, jamoamizning fidokorona mehnatini e’tirof etish hamda Yangi yilni birgalikda, ko‘tarinki kayfiyat va iliq muhitda qarshi olish maqsadida tashkil etilmoqda.
📅 Sana: 24-dekabr
⏰ Vaqti: 15:00
📍 Manzil: Yangibozor shaharchasi, “ZAMON” to‘yxonasi
Jamoamizning har bir a’zosi biz uchun muhim va qadrlidir. Bayramni birgalikda, quvonch va unutilmas xotiralar bilan kutib olaylik!