responsibility
2025 Yil 24 dekabr

Yangi yil munosabati bilan korporativ bayram tadbiri o‘tkazildi

Kirib kelayotgan Yangi 2026-yil munosabati bilan korxonamizda xodimlar uchun tantanali korporativ bayram tadbiri tashkil etildi.

Mazkur bayram tadbiri jamoamiz a’zolari uchun yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlarni birgalikda nishonlash, samimiy muhitda dam olish hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Bayramona bezatilgan muhit, qiziqarli dasturlar va ko‘tarinki kayfiyat tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.

Tadbir davomida korxona rahbariyati xodimlarni Yangi yil bilan tabriklab, ularning mas’uliyatli va fidokorona mehnati uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, kelgusi yilda ham barqaror rivojlanish, yangi marralarni zabt etish va jamoa bilan birgalikda yuksak natijalarga erishish tilaklari bildirildi.

Ushbu korporativ bayram jamoamizda ijobiy ruh, o‘zaro hurmat va kelajakdagi maqsadlarga ishonchni yanada mustahkamladi.