responsibility
2026 Yil 1 aprel

ZumaPharma “MedExpo 2026” da faol ishtirok etmoqda!

Markaziy Osiyo sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yirik beshta ko‘rgazmadan biri bo‘lgan “MedExpo 2026” tadbiri davom etmoqda. 2500 kvadrat metr maydonda, 10 dan ortiq mamlakatdan 65 dan ortiq yetakchi kompaniyalar ishtirok etmoqda, shuningdek O‘zbekiston ham faol qatnashmoqda.

Bu yilgi ko‘rgazma 20-yubiley tadbiri bo‘lib, mamlakatimizni 7 yirik farmatsevtika kompaniyasi taqdim etmoqda. “Made in Uzbekistan” milliy stendi ostida ZumaPharmaning eksportbop mahsulotlari keng namoyish qilinmoqda.