responsibility
2026 Yil 21 aprel

ZumaPharma va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

21-aprel kuni ZumaPharma hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida kadrlar tayyorlash, amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish va yosh mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum doirasida talabalar uchun ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish, zamonaviy farmatsevtika sanoati talablariga mos malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash rejalashtirilgan. Ushbu hamkorlik ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.