responsibility
2026 Yil 22 aprel

ZumaPharma INNOPROM 2026 xalqaro sanoat platformasida ishtirok etadi

Joriy yilning 20–22-aprel kunlari Toshkent shahrida INNOPROM 2026 xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

ZumaPharma mazkur xalqaro platformada farmatsevtika sanoati vakili sifatida faol ishtirok etadi. Tadbir sanoat, investitsiya va texnologiyalar sohasidagi yirik xalqaro maydon bo‘lib, unda yetakchi ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, investorlar hamda davlat tashkilotlari vakillari qatnashadi.

Farmatsevtika sohasi uchun imkoniyatlar:

— eksport geografiyasini kengaytirish

— xorijiy hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar

— kontrakt ishlab chiqarish va qo‘shma loyihalar

— yangi texnologiyalar va savdo kanallari bilan tanishish

🇺🇿 Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ishtiroki kutilmoqda. Shuningdek, yuqori darajadagi xalqaro delegatsiyalar va yirik kompaniyalar vakillari tashrif buyuradi.

ZumaPharma barcha hamkorlar va farmatsevtika korxonalarini mazkur ko‘rgazmada faol ishtirok etishga taklif etadi.