Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Karyera kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kimyo-texnologiya instituti hamda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir doirasida Zuma Pharma, UGP, Sama va Fazo Farm korxonalari tomonidan mavjud ochiq vakansiyalar bo‘yicha muzokaralar olib borildi hamda kompaniyalar faoliyati va ish imkoniyatlari yuzasidan taqdimot va namoyishlar tashkil etildi.
“Karyera kuni” yosh mutaxassislar va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida samarali muloqot maydoniga aylandi hamda talabalar uchun kelajakdagi kasbiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.