Eritropen-eritropoezni rag‘batlantiruvchi inyektsion gormonli dori vositasi.
Erythropen – anemiyani davolash uchun eritropoetin asosidagi dori vositasi
Erythropen – bu epoetin alfa (inson eritropoetini) asosidagi inyektsiya uchun eritma bo‘lib, qonning qizil tanachalari – eritrotsitlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi. Preparat suyak ko‘migidagi eritropoezni faollashtiradi va organizmda kislorod tashilishini yaxshilaydi.
Qo‘llanilishi:
Surunkali buyrak yetishmovchiligi (dializ qilinuvchi va qilinmaydigan) bemorlarida anemiyani davolash
Saraton bilan og‘rigan va kimyoterapiya olayotgan bemorlarda anemiyani kamaytirish
OIV bilan yashayotgan bemorlarda (azidotimidin qabul qilayotgan) anemiyani davolash
Chala tug‘ilgan (750–1500 g) va 34 haftalik homilalikdan kam bo‘lgan chaqaloqlarda anemiya profilaktikasi
Rejalashtirilgan operatsiyalar oldidan autologik qon hajmini oshirish
Surunkali gepatitda interferon alfa va ribavirin bilan davolanayotgan bemorlarda anemiyani kamaytirish
Dori shakli:
Oldindan to‘ldirilgan shpritslarda inyeksiya uchun eritma:
– 2000 XB / 0,5 ml
– 4000 XB / 1,0 ml
– 10000 XB / 1,0 ml
Qo‘llash usuli:
Teriga (t/o) yoki vena ichiga (v/i) yuboriladi. Doza va davolash muddati shifokor tomonidan belgilanadi.
Asosiy afzalliklari:
Organizmga mos, tabiiy gormonga o‘xshash ta’sir qiladi
Keng qo‘llaniladi va klinik samaradorligi isbotlangan
Inyeksion shaklda, foydalanishga tayyor
Saqlash sharoiti:
Preparatni 2°C dan 8°C gacha bo‘lgan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlang. Muzlatmang. Bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati:
2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Ishlab chiqaruvchi:
ZUMA PHARMA,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Parkent-Farm” EIZ.
Tel: (+998 55) 900 5005, (+998 55) 900 6006