Aminokislotalar asosidagi infuzion dori – yurak ishemiyasi, miokard infarkti va energiya almashinuvini qo‘llab-quvvatlovchi kompleks preparat.
Tivokar – bu arginin gidroxlorid va levokarnitin moddalari asosida tayyorlangan infuzion dori vositasi bo‘lib, yurak mushaklarining energiya almashinuvini yaxshilaydi, ishemik shikastlanishlarda himoya vazifasini bajaradi va yurak faoliyatini tiklashda yordam beradi.
Arginin – antioksidant, antigipoksik va detoksik ta’sirga ega aminokislota bo‘lib, qon tomirlarni kengaytiradi, gormon balansini me’yorda ushlab turadi hamda yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.
Levokarnitin – yog‘ kislotalarining energiyaga aylanishini faollashtirib, yurak va mushak to‘qimalarini energiya bilan ta’minlaydi. Miokard va mushak hujayralarida modda almashinuvini tiklaydi.
Qo‘llaniladi:
Yurak ishemik kasalligi
O‘tkir miokard infarkti
Infarktdan keyingi holatlarda
Stenokardiya
Dori shakli:
Infuzion eritma – 100 ml shisha flakonlarda
Qo‘llash usuli va dozasi:
Vena ichiga tomchilab yuboriladi
Dastlab: 10–15 daqiqa davomida 10 tomchi/min
Keyin: 30 tomchi/min gacha
Sutkalik doza: 100 ml
Afzalliklari:
Yurak mushagini energiya bilan ta’minlaydi
Antigipoksik va antioksidant himoya beradi
Qon tomirlarni kengaytiradi
Sport va stress holatlaridan so‘ng tiklanishni tezlashtiradi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Preparatga allergik sezuvchanlik
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi
Giperkaliemiya, giperkhloremiya
Kaliyni tejovchi diuretiklar bilan birga ishlatish (masalan: spironolakton)
Nojo‘ya ta’sirlari:
Bosh aylanishi, yurak sohasida og‘riq
Qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, diareya
Arterial bosimning o‘zgarishi
Teri reaksiyalari: qichishish, toshma
Bosh og‘rig‘i, holsizlik, titroq
Laborator natijalar: giperkaliemiya
Maxsus ko‘rsatmalar:
Buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llansin
Glyukoza darajasi muntazam nazorat qilinsin (diabetda)
Gormon faoliyati buzilgan holatlarda ehtiyotkorlik talab qilinadi
Homiladorlik va emizish davrida faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra qo‘llansin
Avtomobil boshqarish va murakkab mexanizmlarga ta’sir qilishi mumkin
Qadoqlanishi:
100 ml flakon, yo‘riqnoma bilan birga karton qutida
Saqlash sharoiti:
Yorug‘likdan himoyalangan, 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin
Yaroqlilik muddati:
2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach foydalanilmasin.
Dorixonadan berish tartibi:
Reçet bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi:
ZUMA PHARMA MCHJ
O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Parkent tumani, “PARKENT-FARM” EIZ
Tel: (+998 55) 900 5005, (+998 55) 900 6006