product

Neolaykor

gallery/0t5sagdCMJg76bOBWHBoVPmX9XDiyYZYtu7Z7rRU.png

Neolaykor

Yurak ishemiyasi va mushak to‘qimalari energiya almashinuvini yaxshilovchi infuzion preparat.

Ma`lumotlar

Neolaykor – bu fosfokreatin asosidagi infuzion dori bo‘lib, yurak mushaklari va boshqa mushak to‘qimalarida energiya almashinuvini yaxshilaydi. Preparat ishemik holatlarda hujayralar energiyasini saqlab qolishga yordam beradi, mikroqon aylanishni yaxshilaydi va yurak ritmini me’yorda ushlab turishga ko‘maklashadi.

Qo‘llanilishi:

O‘tkir miokard infarkti

Surunkali yurak yetishmovchiligi

Operatsiya vaqtida yurak yoki oyoq-qo‘llarda qon aylanishining vaqtinchalik to‘xtashi

O‘tkir insult

Sport tibbiyotida – jismoniy zo‘riqishlardan oldini olish va tiklanish tezligini oshirish

Dori shakli:

1 g infuzion eritma tayyorlash uchun oq kukun

Flakonlarda, qadoqda foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga

Qo‘llash usuli:

Tomchilab vena ichiga yuboriladi. Doza kasallik holatiga va shifokor ko‘rsatmasiga qarab belgilanadi.

Asosiy afzalliklari:

Miokard ishemiyasida hujayralarni energiya bilan ta’minlaydi

Yurak ritmini barqarorlashtirishga yordam beradi

Sportchilar uchun tiklanishni tezlashtiradi

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Preparatga yuqori sezuvchanlik

18 yoshgacha bo‘lgan bolalar

Nojo‘ya ta’sirlari:

Allergik reaksiya

Arterial bosimning pasayishi (tez yuborilganda)

Saqlash sharoiti:

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati:

2 yil

Ishlab chiqaruvchi:

ZUMA PHARMA MCHJ

O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Parkent-Farm” EIZ

Tel: (+998 55) 900 5005, (+998 55) 900 6006

Yuklab olish

Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Bizning mahsulotlarimiz

Stellaris

Stellaris

Yurak mushaklaridagi ishemiyani kamaytiruvchi, energiya almashinuvini yaxshilovchi infuzion dori...

Tivokar

Tivokar

Aminokislotalar asosidagi infuzion dori – yurak ishemiyasi, miokard infarkti va energiya almashin...

Arlevin

Arlevin

Aminokislotalar asosidagi infuzion dori vositasi – yurak ishemiyasi, miokard infarkti va energiya...