Yurak mushaklaridagi ishemiyani kamaytiruvchi, energiya almashinuvini yaxshilovchi infuzion dori vositasi.
Stellaris – bu fosfokreatin natriyli tuzi asosidagi infuzion dori bo‘lib, yurak mushaklari (miokard) va boshqa mushak to‘qimalarida energiya almashinuvini faollashtiradi. Preparat yurakning ishemik holatlarida hujayralarni himoya qiladi, mikroqon aylanishni yaxshilaydi va yurak ritmini me’yorda ushlab turishga ko‘maklashadi. U shuningdek, sport tibbiyotida jismoniy zo‘riqishga bardoshlilikni oshirish uchun ham qo‘llaniladi.
Qo‘llaniladi:
O‘tkir miokard infarkti
Surunkali yurak yetishmovchiligi
Yurakning operatsiya paytidagi ishemiyasi
Qo‘l-oyoqlarning operatsiya vaqtidagi ishemiyasi
O‘tkir insult holatlarida
Sport tibbiyotida: og‘ir jismoniy yuklamalarga moslashishda kompleks davolash vositasi sifatida
Dori shakli:
1 g infuzion eritma tayyorlash uchun oq kukun
– Neytral shisha flakonlarda, 1 dona qadoqda, yo‘riqnoma bilan
Qo‘llash usuli:
Tomchilab vena ichiga yuboriladi (v/i). Doza kasallik turiga qarab shifokor tomonidan belgilanadi. Dori faqat shifokor nazoratida ishlatiladi.
Asosiy afzalliklari:
Miokard energiya almashinuvini yaxshilaydi
Nekroz va ishemiyani kamaytiradi
Antiaritmik ta’sir ko‘rsatadi
Sportchilar uchun mos
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Preparatga yuqori sezuvchanlik
Surunkali buyrak yetishmovchiligi
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Nojo‘ya ta’sirlari:
Allergik reaksiya
Arterial bosimning pasayishi (tez yuborilganda)
Saqlash sharoiti:
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati:
2 yil. Yaroqlilik muddati tugagach foydalanilmasin.
Dorixonadan berish tartibi:
Reçet bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi:
ZUMA PHARMA MCHJ
O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Parkent tumani, “PARKENT-FARM” EIZ
Tel: (+998 55) 900 5005, (+998 55) 900 6006