Qon ivishini oldini oluvchi past molekulali geparin asosidagi inyektsion dori vositasi, tromboz va emboliyani profilaktika qilish va davolash uchun qo‘llaniladi.
Trombalek – bu enoksaparin natriy asosidagi past molekulali geparin bo‘lib, qon tomirlarida tromb (quyqa) hosil bo‘lishining oldini olishda qo‘llaniladi. Preparat yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida, jarrohlikdan keyingi davrlarda, emboliya va tromboz xavfi bo‘lgan bemorlar uchun profilaktika va davolash vositasi sifatida keng ishlatiladi.
Qo‘llaniladi:
Ortopedik va umumiy jarrohlikdan keyingi venoz tromboz va emboliyani oldini olish
O‘pka arteriyasi tromboemboliyasi yoki chuqur vena trombozini davolash
Nostalbil stenokardiya va miokard infarktining ayrim shakllari
Gemodializ paytida qon aylanish tizimida tromb hosil bo‘lishining oldini olish
Yotoq tartibidagi bemorlar (yuqori xavfli kasalliklar bilan)da tromboz profilaktikasi
Dori shakli:
Inyektsiya uchun eritma, oldindan to‘ldirilgan shpritslarda:
– 2000 anti-Xa ME / 0,2 ml
– 4000 anti-Xa ME / 0,4 ml
– 6000 anti-Xa ME / 0,6 ml
– 8000 anti-Xa ME / 0,8 ml
Qo‘llash usuli:
Faqat teri ostiga yuboriladi. Dozasi shifokor tomonidan bemorning vazni, holati va kasallik turiga qarab belgilanadi. Mushak ichiga yuborish mumkin emas.
Asosiy afzalliklari:
Tromb va emboliya xavfini kamaytiradi
Yurak va qon aylanish tizimi muammolarida samarali
Jarrohlikdan so‘ng tez tiklanishga yordam beradi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Preparatga yoki boshqa geparinlarga allergiya
Faol qon ketishlar
Og‘ir trombotsitopeniya
18 yoshgacha bo‘lganlar
Nojo‘ya ta’sirlari:
Qon ketishi
Allergik reaksiya
Trombotsitlar sonining kamayishi
Saqlash sharoiti:
250C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati:
2 yil. Muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Ishlab chiqaruvchi:
ZUMA PHARMA MCHJ
O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Parkent tumani, “PARKENT-FARM” EIZ
Tel: (+998 55) 900 5005, (+998 55) 900 6006