product

Fosfoleben

gallery/J8c16OIWBW6Nf7IEGKc9LRErmhI2chtFRdY4Hn8P.png

Fosfoleben

Yurak mushaklari ishemiyasini kamaytiruvchi va energiya almashinuvini yaxshilovchi infuzion dori vositasi.

Ma`lumotlar

Fosfoleben – bu fosfokreatin natriyli tuzi asosidagi dori bo‘lib, yurak (miokard) va boshqa mushak to‘qimalarida energiya almashinuvini yaxshilaydi. Preparat ishemik holatlarda hujayralarni zarardan himoya qiladi, qon aylanishini tiklashda yordam beradi va yurak ritmini barqarorlashtirishga ko‘maklashadi.

Qo‘llaniladi:

O‘tkir miokard infarkti

Surunkali yurak yetishmovchiligi

Yurakning operatsiya vaqtida ishemiyasi

Qo‘l-oyoqlarning operatsiya vaqtida ishemiyasi

O‘tkir insult holatlari

Sport tibbiyotida: kuchli jismoniy yuklama oldidan va keyin tiklanish jarayonini tezlashtirish uchun

Dori shakli:

1 g infuzion eritma tayyorlash uchun oq kristall kukun

– Neytral shisha flakonda, 1 dona qadoqda, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan

Qo‘llash usuli:

Faqat vena ichiga (v/i) yuboriladi. Doza kasallik turiga va bemorning holatiga qarab shifokor tomonidan belgilanadi. Faol infuzion kurslar operatsiyadan oldin va keyin qo‘llanishi mumkin.

Asosiy afzalliklari:

Miokardni ishemiyadan himoya qiladi

Antiaritmik ta’sir ko‘rsatadi

Mikroqon aylanishni yaxshilaydi

Sportchilar uchun zo‘riqishga bardoshlilikni oshiradi

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Preparatga yuqori sezuvchanlik

Surunkali buyrak yetishmovchiligi

18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda

Nojo‘ya ta’sirlari:

Allergik reaksiya

Arterial bosimning pasayishi (tez yuborilganda)

Dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri:

Fosfoleben boshqa yurak dorilari (antianginal, antiaritmik) bilan birga qo‘llanganda ularning samaradorligini oshirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar:

Preparatni ishemik holatlar yuzaga kelganda imkon qadar erta qo‘llash tavsiya etiladi. Shoshilinch holatlarda yurak to‘xtashini bartaraf etish uchun mo‘ljallanmagan.

Saqlash sharoiti:

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati:

2 yil. Yaroqlilik muddati tugagach foydalanilmasin.

Dorixonadan berish tartibi:

Reçet bo‘yicha

Ishlab chiqaruvchi:

ZUMA PHARMA MCHJ

O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Parkent tumani, “PARKENT-FARM” EIZ

Tel: (+998 55) 900 5005, (+998 55) 900 6006

Yuklab olish

Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Bizning mahsulotlarimiz

Stellaris

Stellaris

Yurak mushaklaridagi ishemiyani kamaytiruvchi, energiya almashinuvini yaxshilovchi infuzion dori...

Tivokar

Tivokar

Aminokislotalar asosidagi infuzion dori – yurak ishemiyasi, miokard infarkti va energiya almashin...

Arlevin

Arlevin

Aminokislotalar asosidagi infuzion dori vositasi – yurak ishemiyasi, miokard infarkti va energiya...