product

Eksipar

Eksipar Eksipar Eksipar Eksipar Eksipar
gallery/1FHVeHzPbQhU6JAWq7mBIeWUiczftLfNgxZE9AxH.png
gallery/vibIEilAAgPbU04jw5t5I2Ib76gZGk4YQR5yjgIW.png
gallery/EoueKPXW1Kpty4OVTVJ9ziNPfuN53wCXb3vMdMyl.png
gallery/800ZWyqlCQaA7MPTsE56pA0wk6YmAVnKYXgYUYp9.png
gallery/DpSzDUFKuRIeEaxOnXda3wxEZYBBleOB14xW7r5k.png

Eksipar

Eksipar – qon ivishini oldini oluvchi inyektsion preparat bo‘lib, chuqur venalar trombozi, o‘pka tromboemboliyasi va yurak xurujining ayrim turlarini davolash hamda profilaktika qilishda qo‘llaniladi.

Ma`lumotlar

Eksipar – bu enoksaparin natriy moddasiga asoslangan quyi molekulali geparin bo‘lib, u qonni suyultiradi va tomirlarda tromb (qon quyqalari) hosil bo‘lishining oldini oladi. Preparat odatda teri ostiga inyektsiya yo‘li bilan yuboriladi va yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq turli holatlarda qo‘llaniladi.

Qo‘llanilish sohalari:

Ortopedik va umumiy jarrohlikdan keyingi venoz tromboz va emboliyani oldini olish

O‘pka arteriyasining tromboemboliyasi va chuqur venalar trombozini davolash

Gemodializ paytida qon aylanish tizimida tromb hosil bo‘lishining oldini olish

Nostalbil stenokardiya va Q tishisiz yurak infarktini davolash

ST segmenti ko‘tarilgan yurak infarktini davolash (aspirin bilan birga)

Yotoq tartibidagi og‘ir infeksiyalar va yurak yetishmovchiligida trombozdan himoya

Dori shakli:

Oldindan to‘ldirilgan shpritslarda inyektsiya uchun eritma:

2000, 4000, 6000, 8000, 10000 anti-Xa ME / 0.2–1.0 ml dozalar

Qo‘llash usuli:

Faqat teri ostiga yuboriladi. Doza bemorning vazni va holatiga qarab belgilanadi. Mushak ichiga yuborish mumkin emas!

Tasnifi:

Antikoagulyant (qon ivishini kamaytiruvchi) – quyi molekulali geparinlar guruhi

Saqlash sharoiti:

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatmang. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati:

2 yil. Muddati o‘tgan preparatni ishlatmang.

Ishlab chiqaruvchi:

ZUMA PHARMA MCHJ,

Parkent tumani, “PARKENT-FARM” EIZ, Toshkent viloyati, O‘zbekiston

Tel: (+998 55) 900 5005

Yuklab olish

Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Bizning mahsulotlarimiz

Stellaris

Stellaris

Yurak mushaklaridagi ishemiyani kamaytiruvchi, energiya almashinuvini yaxshilovchi infuzion dori...

Tivokar

Tivokar

Aminokislotalar asosidagi infuzion dori – yurak ishemiyasi, miokard infarkti va energiya almashin...

Arlevin

Arlevin

Aminokislotalar asosidagi infuzion dori vositasi – yurak ishemiyasi, miokard infarkti va energiya...